OMBORXONADA SAQLASH

Umumiy maydoni 21 000 kv.metrdan ortiq, omborxonalar tarmog‘iga ega bo‘lgan holda, Kompaniya mahsulotni mijozgacha eltib berish zanjirini doimiy ravishda maqbullashtirishga rioya qilish uchun mol-tovarlarni omborxonalar sidra taqsimlab turadi (B2B sektor). Ayrim yakkash do‘konlarimizdan tortib, toki yirik tarmoqli savdo do‘konlarimizgacha, mijozlarimizning talablarini qondirish uchun import qilinayotgan, o‘zining mol-tovarlar assortimentiga oid qatori doimiy ravishda o‘sib borishi omborxonalar maydonlari ko‘lamlarini ortishiga ta’sir etadi: omborxonalarni asrashga ketadigan sarf-harajatlarni unchalik sezilarli ko‘paytirmagan holda, ularning sig‘imini 2 baravarga, va hatto 3 baravarga orttiruvchi yangi stellajli qurilmalar ishga tushirilmoqda.

Omborxonalarimizning havfsizligi – faoliyatimizning, qaysingaki katta e’tibor beriladigan, eng muhim mezonlaridandir. Zamonaviy tutun qaytarish va olovni o‘chirish tizimlari shunday tarzda loyihalanganki, bunda yong‘in mol-tovarlarning katta qismiga o‘tib ketmasligini ta’minlash uchun uning o‘chog‘i chog‘roq sarhadda cheklanadi. Biroq bo‘lar ish bo‘lib qolganidan so‘ng, pushmona qilib, oqibatini rostlagandan ko‘ra, har doim ko‘ngilsizlikning oldini olish osonroq – muammoli sarhadlarni o‘z vaqtida oshkor qilish uchun barcha zaruriy datchiklar mavjud bo‘lib, omborxona ustidan kuni-kecha uzluksiz kuzatib turish, havfsizlik xizmatining sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarga o‘z vaqtida aralashishini ta’minlay oladi. Yanada a’loroq servis uchun, mol-tovarlarni qabul qilish, saqlash va yuklab-jo‘natish jarayonlarini yanayam ko‘proq maqbullashtirish va yaxshilash maqsadida ombor va transportni boshqarishning avtomatzitsiyalangan tizimlari tadbiq qilinmoqda.

Oborxonalarning xodimlari soni esa deyarli 100 kishi bo‘lib, ular o‘zlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni soz ijro etish uchun zarur bo‘lgan barcha muolajalarni tezkorlik bilan bajarmoqda.