DISTRIBUTSIYA

«Balton Trading Asia» ShK O‘zbekiston bozoridagi iste’mol mollarini distributsiya qilish sohasidagi peshqadam va muvaffaqiyat bilan rivojlanayotgan kompaniyalardan biridir. Bizning bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, butun respublika bo‘ylab 16 hududni bevosita qoplab olgan. 25 yil mobaynida muvaffaqiyatli ish yuritib, kompaniyamiz keng iste’mol mollarining assortimentini yanada kengaytirib, oziq-ovqat mahsulotlari yo‘nalishini ham rivojlantirib bormoqda.

Bizning vazifamiz – iste’molchilar uchun qiziqarli bo‘lgan savdo rusumlarini (markalarini) olg‘a surish, ishlab chiqaruvchi – iste’molchi zanjirining barcha bo‘g‘inlari uchun o‘zaro foydali hamkorlikni ta’minlashdir.

 2000 dan ortiq nomlanishga ega bo‘lgan iste’mol mollarining assortimentiga vatanimiz va horijiy ishlab chiqaruvchilarning, turli narh-navo karjiga (segmentiga) tegishli bo‘lgan, mahsulotlari kiradi. Hozirgi paytda savdo-sotiq hududlari faol kengaytirilib bormoqda va savdo-sotiqning ilg‘or texnikasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, sotuvchi xodimlarni o‘qitishga, hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori darajali servisni ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

 «Balton Trading Asia» kompaniyasi -  O‘zbeksiton bozoridagi ishonchli hamkoringizdir!